Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida qariyb 6,4 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,3 mln nafarga yoki 24,7 % ga oshgan.
Joriy yilning 10 oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan TOP-10 davlat:
Qirg‘iz Respublikasi — 2,8 mln nafar;
Qozog‘iston — 1,2 mln nafar;
Tojikiston — 1,1 mln nafar;
Rossiya — 370,1 ming nafar;
Saudiya Arabistoni — 237,1 ming nafar;
Turkiya — 230,8 ming nafar;
BAA — 114,1 ming nafar;
Misr — 56,2 ming nafar;
Xitoy — 39,6 ming nafar;
Vetnam — 32,8 ming nafar;
Boshqa davlatlar — 204,1 ming nafar.




