2025-yil 28-noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Murodov tomonidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ishchi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi”ning 161-moddasi mazmun-mohiyati va uni qo‘llash tartibi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida 161-moddada belgilangan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish jarayonida ish beruvchi hamda xodimning huquq va majburiyatlari batafsil tushuntirildi.

Ishtirokchilarga Mehnat kodeksidagi yangiliklar, xususan, xodimlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normalarning amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha misollar keltirildi.
Tadbir yakunida xodimlarning savollariga javob berildi.



