Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida jami 9,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 mln nafarga yoki 50 % ga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga 197 ta davlatdan turistlar tashrifi qayd etilgan.
Shundan:
erkaklar – 5 273 836 nafar;
ayollar – 4 458 082 nafar.
Ularning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
0-18 yosh – 1 280 688 nafar;
19-30 yosh – 1 590 907 nafar;
31-55 yosh – 4 888 764 nafar;
56 yosh va undan kattalar – 1 971 559 nafar.




