Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda jami 247,3 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,7 foizga oshgan.
Hududlar kesimida qurilish ishlari hajmi quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 8 trln so‘m;
Andijon viloyati — 12,6 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 15 trln so‘m;
Jizzax viloyati — 6,6 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 14,2 trln so‘m;
Navoiy viloyati — 11,6 trln so‘m;
Namangan viloyati — 11,9 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 15,8 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati — 11,9 trln so‘m;
Sirdaryo viloyati — 5 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 26,9 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 14,9 trln so‘m;
Xorazm viloyati — 10,3 trln so‘m;
Toshkent shahri — 72,2 trln so‘m.




