19/11/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassisliklar boʻyicha shifokorlar soni 107,5 ming kishini tashkil etgan.

Shifokorlar soni 2023-yilga nisbatan 1,8 ming kishiga yoki 1,7 % ga koʻpaydi.

Ularning jins bo‘yicha taqsimlanishi:

ayollar — 50,1 ming kishi (46,6 %);

erkaklar — 57,4 ming kishi (53,4 %).

Hududlar kesimida shifokorlar soni quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5,5 ming kishi;

Andijon viloyati — 8,1 ming kishi;

Buxoro viloyati — 6,7 ming kishi;

Jizzax viloyati — 2,8 ming kishi;

Qashqadaryo viloyati — 6,7 ming kishi;

Navoiy viloyati — 3,3 ming kishi;

Namangan viloyati — 6,2 ming kishi;

Samarqand viloyati — 11,5 ming kishi;

Surxondaryo viloyati — 4,8 ming kishi;

Sirdaryo viloyati — 2 ming kishi;

Toshkent viloyati — 7,4 ming kishi;

Farg‘ona viloyati — 9,9 ming kishi;

Xorazm viloyati — 6,2 ming kishi;

Toshkent shahri — 23,9 ming kishi.

shifokor_p67703

Tugmani bosing Tinglash GSpeech