Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zona (MIZ), kichik sanoat zonasi (KSZ), texnopark va klasterlar ishtirokchilari (tadbirkorlik subyektlar) soni 8033 tani tashkil etgan.
Shu jumladan:
MIZlarda – 1070 ta;
KSZlarda – 3199 ta;
Texnoparklarda – 3381 ta;
Klasterlarda ishtirokchilar soni - 383 tani tashkil etgan.




