Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida qariyb 1,4 mln nafar chet el fuqarolari sayohat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 506 ming nafarga oshgan.
Joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonga sayohat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Rossiya — 269 158 nafar;
Turkmaniston — 193 635 nafar;
Qozog‘iston — 143 898 nafar;
Xitoy — 117 864 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 114 005 nafar;
Tojikiston — 84 696 nafar;
Turkiya — 50 976 nafar;
Italiya — 32 635 nafar;
Hindiston — 32 254 nafar;
Germaniya — 29 632 nafar;
Koreya — 26 832 nafar;
AQSH — 23 630 nafar;
Boshqa davlatlar — 255 855 nafar.




