Bugungi kunda Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Navoiy innovatsiyalar universitetining bir guruh talabalari amaliyot o‘tamoqda.

Talabalar statistika tizimi faoliyati, sohadagi raqamli jarayonlar, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash tartiblari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo’lmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 14-noyabr kuni statistika boshqarmasida talabalar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni — “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati keng tushuntirib berildi.

Targ‘ibot davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga oid amaliy mexanizmlar hamda yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirishning ahamiyati tushuntirildi.



