06/11/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekistonga 16 ta xorijiy davlatdan qiymati 473 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 40 345 dona elektromobil import qilingan.

Import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 23 671 donaga yoki qariyb 1,5 barobarga oshgan.

Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp elektromobil yetkazib bergan davlatlar:

— Xitoy – 39 798 dona  

— Gonkong – 249 dona 

— Koreya Respublikasi – 165 dona

— Germaniya – 43 dona

— AQSH – 25 dona

— Boshqa davlatlar – 65 dona

e

Tugmani bosing Tinglash GSpeech