04/11/2025

Joriy yilning 4-oktabr kuni Milliy statistika qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i S. Begmatov, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A. Tashnazarov hamda Transport vazirligi vakili Sh. Norqulov hududlarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdilar.

Uchrashuv davomida ro‘yxatga olish shtablarining faoliyati, ularning a’zolari ish jarayoni, shuningdek, mahallalarda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

Ro‘yxatga olish — har bir oila, har bir fuqaro va qishloq xo‘jaligi haqida aniq ma’lumot to‘plash orqali mamlakat taraqqiyoti hamda farovon kelajak rejasini belgilashga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech