2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Qiziltepa tumanida tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborilgan bo‘lib, “Turonbank” ATB vakillari hamda mas’ullar “Ro‘yxatga olish shtabi” va “Yangi hayot” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Jarayon davomida mahalla yettiligi a’zolariga savolnomalarni planshet orqali to‘ldirish, elektron tizimda ishlash hamda tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.



