2025-yil 30-oktabr kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Xo‘jaqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri doirasida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘lim boshlig‘i M. Yuldasheva, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i G‘. Aliyev, shuningdek Qiziltepa tuman statistika bo‘limi mas’ullari, mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida aholining ro‘yxatga olinishi jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, xonadonlardan ma’lumotlarni aniq, xolis va ishonchli tarzda yig‘ish, shuningdek, ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassislar ro‘yxatga olishda foydalaniladigan elektron dasturlarni o‘rnatish, so‘rovnomalarni to‘ldirishda yo‘l qo‘yilmasligi lozim bo‘lgan xatoliklar haqida amaliy tavsiyalar berildi.

Ishtirokchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari orqali ro‘yxatga olishning har bir bosqichi — tayyorgarlik, ma’lumot yig‘ish va tekshirish jarayonlari bo‘yicha ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Tadbir yakunida aholining ro‘yxatga olishdagi faolligi, bu jarayonning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati ta’kidlandi.

Ro‘yxatdan o‘ting — kelajagingizni o‘zingiz yarating!



