28/10/2025

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 108 396,2 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2024-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 7,9 % ga o‘sdi.

YAHM deflyator indeksi 2024-yilning yanvar-sentabr oylari narxlariga nisbatan 119,5 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Navoiy viloyatining qo‘shgan hissasi 8,3 % ga yetdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech