Qiziltepa tumani Vang‘ozi MFYda mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati bilan birga, mahalla yettiligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.

Ushbu jarayon orqali aholining soni, bandligi, daromad manbalari, yashash sharoitlari hamda qishloq xo‘jaligi faoliyati haqida aniq ma’lumotlar to‘planadi.

Mazkur ma’lumotlar kelgusida mahallalarni yanada rivojlantirish va aholining farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.



