24/10/2025

2025-yil 24-oktabr kuni Qiziltepa tumanidagi 2-son kasb-hunar kolleji faollar zalida mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda ro‘yxatga olishning maqsadi, huquqiy asoslari, bosqichlari hamda elektron so‘rovnoma tizimidan foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.


Tadbir davomida qatnashchilar ro‘yxatga olishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar bilan tanishdi.


Viloyat miqyosida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiriga tayyorgarlik doirasida targ‘ibot ishlari va o‘quv seminarlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech