21/10/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil  yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 443,6 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 15,2 foizga, soʻnggi 5 yilda 2,8 barobarga koʻpaygan.

Mazkur davrda oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar miqdori 34,5 mlrd dollarni tashkil etdi.

Xorijiy investitsiya va kreditlarning sohalar kesimidagi ulushi quyidagicha:

Ishlab chiqarish sanoati – 32,9 %;

Elektr, gaz bilan taʼminlash – 18,4 %;

Togʻ-kon sanoati – 12,2 %;

Qishloq xoʻjaligi – 9,1 %;

Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya – 1,8 %;

Qurilish – 6,1 %;

Tashish va saqlash – 5,3 %;

Axborot va aloqa – 0,9 %;

Sogʻliqni saqlash – 1,7 %;

Boshqa faoliyat turlari – 11,6 %.

investment_p15742

Tugmani bosing Tinglash GSpeech