Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—avgust oylarida O‘zbekistonda nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 183 trln so‘m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97,1 % ni tashkil etdi.
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 5,5 trln so‘m qurilish ishlari bajarilib, jamiga nisbatan 2,9 % ulushni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha
(yanvar—avgust)
Nodavlat tashkilotlari:
2021-yil — 63,5 trln so‘m
2022-yil — 79,1 trln so‘m
2023-yil — 93,2 trln so‘m
2024-yil — 155,9 trln so‘m
2025-yil — 183 trln so‘m
Davlat tashkilotlari:
2021-yil — 3,4 trln so‘m
2022-yil — 2,3 trln so‘m
2023-yil — 1,7 trln so‘m
2024-yil — 3,6 trln so‘m
2025-yil — 5,5 trln so‘m