2025-yil 12-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–264-sonli qarori – “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarmaning bosh yuristkonsultanti A. Murodov qarorda belgilangan asosiy bandlar yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.
Mazkur targ‘ibot ishlari tizim xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishda xizmat qiladi.