2025-yil 5-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan navbatdagi huquqiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarmaning bosh yuristkonsultanti Farmonda belgilangan asosiy bandlar yuzasidan xodimlarga batafsil tushuntirish berdi. Xususan, odil sudlov tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlashning yangi mexanizmlari, o‘quv jarayonlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, sud-huquq sohasida professionallik, halollik va shaffoflik tamoyillarini kuchaytirish masalalari yoritildi.