19/07/2024

Joriy yilning  19- iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida  Axborot xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etilib, ushbu tadbir Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarma hamda  Raqamli texnologiya boshqarmalari  bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

 

Tadbirda IIB boshqarmasi Kiberxavfsizlig markazi   xodimi   B. Normurodov  hamda Raqamli texnologiya boshqarmasi xodimi  J.Qayumovlar  soʻz yuritdi.

 

Muloqot davomida soʻnggi vaqtlarda bank plastik kartalaridagi pullarni talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarni sodir etilishi kundan-kunga koʻpayib borayotganligi hamda kiberjinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

 

Tadbir soʻnggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech