09/07/2024

Joriy yilning 9-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining  “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

1_-7j1a4845

2_-7j1a4840

Shuningdek, vebinarda xodimlarga Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllanishtirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʻlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

3_-7j1a4819

4_-7j1a4833

Vebinar yakunida Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

5_-7j1a4836

Tugmani bosing Tinglash GSpeech