02/07/2024

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida  O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 32-yilligi monosabati bilan “Davlat gerbi – mustaqillik timsoli” mavzusida ma’naviyat –ma’rifiy tadbir tashkil etildi Tadbirda boshqarmaning ma’naviyat-marifiy ishlari xodimi G. Norqulova so‘z yuritib, Bugun ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom ma’nodagi asl tasvirini ko‘radi. Davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat mamlakatimizda maktabgacha ta’lim maskanlari, maktablardanoq yosh avlod ongiga singdiriladi.

Gerb tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, qog‘oz va tanga pullarda, qimmatli qog‘ozlar va fuqarolik pasportida, qonunda belgilangan boshqa hujjatlarda aks ettirilgan. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro davlat ramzlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech