01/07/2024

Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” PF-60-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 781-son qarori, Statistika agentligi tizimida kitobxonlikni rivojlantirish bilan zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, ish unumdorligini oshirish va xodimlar madaniyatini yuksaltirish boʻyicha agentlikning 2024-yil 13-maydagi 96-sonli buyrug‘ida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi yuzasidan “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik tanlovi oʻtkazildi

1-oldutaldtsadzhtsu_p42140

Tadbirda kitobxon markaziy apparat xodimlari va Kitobxonlik savodxonligini baholash ishchi guruhi ishtirok etishdi.

7j1a4321_p77186

Koʻrik tanlov 2 bosqichda, yaʼni 1- bosqichda test savollari, 2- bosqichda kitobxon oʻzi oʻqigan asari haqida gapirib berishi va Kitobxonlik savodxonligini baholash ishchi guruhi tomonidan asar bo‘yicha savol-javob tarzida olib borildi.

7j1a4324_p45074

Tanlovda qatnashgan xodimlarning oʻqigan kitoblari haqidagi fikrlari va berilgan savollarga javoblari asosida Kitobxonlik savodxonligini baholash ishchi guruhi tomonidan gʻoliblar aniqlandi.

7j1a4333_p16012

“Eng yaxshi kitobxon” koʻrik tanlovi gʻoliblari boʻyicha:

Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi xodimi Bakirov Bunyodbek – uchinchi o‘rin;

Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi xodimi Yoʻldoshaliyeva Odina – ikkinchi oʻrin;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshligi Salixova Gulbahor – birinchi oʻringa loyiq deb topildi va gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlandi. 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech