28/06/2024

Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, vebinarda xodimlarga ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʼlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

7j1a3892_p55200

Vebinar yakunida Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

7j1a3904_p84586

7j1a3884_p75869

Tugmani bosing Tinglash GSpeech