28/06/2024

2024-yilning 24-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 17–18-iyun kunlari Gruziyaning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi hamda davlat idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha Gruziya tajribasini o‘rganishga qaratilgan xizmat safari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

1_p59532

Taqdimotda mazkur tadbirda qatnashgan Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizov Sherzod Axmedjanovich ishtirokchilarga Gruziyaning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi, shu jumladan, davlat idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha Gruziya tajribasi, “Ochiq hukumat hamkorligi” xalqaro tashkilotiga a’zolik davrida mamlakatda erishilgan yutuqlar, davlat xaridlarining ochiq va shaffofligini ta’minlovchi elektron xaridlar platformasi hamda ochiq ma’lumotlar bilan ishlashning ilg‘or tajribasi, davlat idoralari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari joriy etilishi kabi masalalar yuzasidan tajriba almashish maqsadida Gruziyaga xizmat safarida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

3_p14473

Tugmani bosing Tinglash GSpeech