24/06/2024

Joriy yilning 24-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

7j1a3187_p30421

 

Shuningdek, vebinarda xodimlarga axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid yangi hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha tushunchalar berildi. Maʼlumotlar xavfsizligi masalalari boʻyicha amaliy misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

7j1a3157_p78153

Vebinar yakunida Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

7j1a3159_p72997

7j1a3171_p16616

7j1a3148_p28246

Tugmani bosing Tinglash GSpeech