10/06/2024

📊 2024-yilning yanvar-aprel oylarida viloyat korxonalari tomonidan 39 752,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 111,9 % ni tashkil etdi.

shundan:

⛰ tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 5 146,2 mlrd. so‘m;

🏭 ishlab chiqarish sanoati – 31 683,3 mlrd. so‘m;

💡elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash -2 901,9 mlrd. so‘m;

🚰 suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 20,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech