10/06/2024

2024-yilning 1-iyun holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 21 071 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, shundan xususiy korxonalar soni 4 198 tani tashkil qildi (ulushi 19,9 %).

Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔸Xatirchi tumani – 812 ta

🔸Navoiy shahri – 636 ta

🔸Zarafshon shahri – 540 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

🔹Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 306 ta

🔹Sanoat sohasida – 627 ta

🔹Qurilish sohasida – 208 ta

🔹Savdo sohasida – 2 045 ta

🔹Tashish va saqlash sohasida – 49 ta

🔹Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 334 ta

🔹Axborot va aloqa xizmatlar sohasida – 81 ta

🔹Sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 94 ta

🔹Boshqalar – 454 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech