Joriy yilning 22-30 may kunlari Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xodimlari o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuklastirish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bosqichlari o’tkazildi. Tanlovni o’tkazishdan maqsad tizim xodimlari o’rtasida kitobxonlikni rivojlantirish va zamonaviy bilimlarni o’zlashtirishdan iborat.
Eng yaxshi kitobxon tanlovi bosqichlari quydagilardan iborat bo’ldi:
Barcha xodimlarga o’qiladigan kitoblar tarqatildi;
Xodimlar tomonidan oq’ilgan kitoblar yuzasidan test savol-javoblar o’tkazildi;
Ishtirokchilar o’qigan kitoblarining mazmun-mohiyati bo’yicha qisqacha o’z fikrlarini bayon qilishdi va komissiya a’zolari tomonidan o’qilgan kitoblar yuzasidan aniqlashtiruvchi savollar berildi.
Tanlov yakunida komissiya a’zolari tomonidan g'oliblar aniqlanib, ularga esdalik sovg'alari, faol ishtirok etgan tanlov ishtirokchilariga esa badiiy kitoblar topshirildi.