29/05/2024

Joriy yilning 29-may kuni Statistika agentligi tomonidan Navoiy viloyati statistika organlarida faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijalarini muhokama qilish yuzasidan Agentlik direktori o‘rinbosari Z. Ziyayev raisligida masofaviy tarzda Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig'i  o'rinbosari J. Qambarov Navoiy viloyati statistika organlarida faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish davomida aniqlangan yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

 Yig‘ilishda o‘tkazilgan kompleks o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelayotgan masʼul xodimlarga amaldagi tartibda choralar ko‘rildi.

 Yig‘ilish yakunida aniqlangan xato va kamchiliklarni kelgusida takrorlanmasligi va oldini olish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech