28/05/2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda tashkilotdagi yosh xodimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 24–25-may kunlari Namangan viloyatida Statistika agentligining hududiy boshqarmalari yosh xodimlari ishtirokida “Yosh statistiklar 1-forumi” tadbiri oʻtkazildi.

1-ituituituiu28_05_2024

Dastlab ishtirokchilar, Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston - Yoshlar ziyo maskani” axborot kutubxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Shundan soʻng, yosh statistiklar oʻrtasida “ZakovatQuiz” hamda “Krossvord” intellektual oʻyini tashkil etildi.

2-tyujtyutyutu28_05_2024

Tadbirni Namangan shahri hokimi Otaxodjayev Anvar Xojaxanovich kirish soʻzi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Shuningdek, yosh xodimlar Davlatobod tumanidagi "FAZMAN TEKSTIL" mas’uliyati cheklangan jamiyatida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

3-sgyhertedfgh28_05_2024

4-fghjitukykjhkh28_05_2024

Kunning ikkinchi yarmida Forumning 2-bosqichi Sport musobaqalariga start berildi. Unda ishtirokchilar sportning stol tennisi va shashka turlarida oʻzaro bellashdilar.

5-sryujsryjuhyj28_05_2024

6-uyetyegaedteher28_05_2024

Kun yakunida “63-Xalqaro Gullar festivali” doirasida Namangan shahrida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻi hamda Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida tashkil etilgan gullar kompozitsiyalari bilan tanishish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.

8-q3w4tyethtuuuhrhr28_05_2024

Tadbirning ikkinchi kunida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi Melixujayev Sanjarbek Obidxonovich ishtirokchilar bilan “Yosh statistiklar bilan uchrashuv, taklif va mulohazalar” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazdi. Tadbir davomida “Yosh statistiklar 1-forumi” gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovgʻalari va diplomlar topshirildi.

9-wryujykjsryuju28_05_2024

Tugmani bosing Tinglash GSpeech