27/05/2024

2024-yilning 1-may holatiga Navoiy viloyatida jami 1 307 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatib kelayotgan boʻlib, ular 2018-yilning mos davriga (889 ta) nisbatan 418 taga koʻpaygan. Bundan tashqari 2024-yilning yanvar-aprel oylarida 39 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:

🔸Navoiy shahri – 393 ta

🔸Zarafshon shahri – 112 ta

🔸Gʻozgʻon shahri – 16 ta

🔸Konimex tumani – 30 ta

🔸Qiziltepa tumani – 194 ta

🔸Navbahor tumani – 117 ta

🔸Karmana tumani – 229 ta

🔸Nurota tumani – 82 ta

🔸Tomdi tumani – 29 ta

🔸Uchquduq tumani – 28 ta

🔸Xatirchi tumani – 77 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech