Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida boshqarmaning bosh yuriskonsulti tomonidan navbatdagi huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etilib, unda OʻRQ-926-sonli Qonun mazmun-mohiyati keng targʻib qilindi.
Ayni vaqtda zargarlik tarmogʻini sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi boʻyicha faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining xomashyoga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.