22/05/2024

2024-yilning 1-may holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 21 059 tani (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 230 tani tashkil qildi (ulushi 20,1 %). Xususiy korxonalar sonining eng koʻpi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔸Xatirchi tumani – 821 ta

🔸Navoiy shahri – 640 ta

🔸Zarafshon shahri – 540 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

🔹qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 302 ta

🔹sanoat sohasida – 627 ta

🔹qurilish sohasida – 218 ta

🔹savdo sohasida – 2 067 ta

🔹tashish va saqlash sohasida – 47 ta

🔹yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 334 ta

🔹axborot va aloqa xizmatlar sohasida – 79 ta

🔹sogʻlikni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 93 ta

🔹boshqalar – 463 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech