Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-mart oylarida bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmining yuqori ko‘rsatkichlari Qiziltepa tumani, Navoiy shahri va Karmana tumanida kuzatildi. Mazkur hududlarda bajarilgan bino va inshootlarni qurish bo‘yicha ishlar hajmi mos ravishda 242,9 mlrd. so‘m, 156,6 mlrd. so‘m va 140,4 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.