Joriy yilning 8- may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo’lim boshliqlari va ishchi xodimlar ishtirok etdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirga Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Oʻzbek va chet tillar kafedrasi dotsenti Akmal Tursunov taklif etildi. “Xotira va qadrlash kuni” milliy xususiyat kasb etib, u xalq xotirasi va insonni qadrlash kuniga aylandi.
Xalq xotirasi deganda kishi ko’z o’ngidan Vatan ibtidosidan bugunga qadar shu yurt, shu xalq deb kurashgan, kuch-qurdati, aql-zakovatini ayamagan, kerak bo’lsa, shu yo’lda jon fido qilgan ne-ne buyuk zotlar bir-bir o’tadi.