Joriy yilning 2-may kuni Statistika agentligi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari J. Qambarov hamda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov bilan birgalikda viloyatda faoliyat yuritayotgan “OʻZERAEALTERNATOR” MCHJ va “TELECOM DEVICES PRO” MCHJ korxonalariga borib, ushbu korxonaning faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganishlar mobaynida, har oyda Statistika agentligiga taqdim etiladigan 12 sanoat narx kuzatuvi boʻyicha korxona rahbarlari va hisobchilariga batafsil tushuntirishlar berildi.