02/05/2024

Joriy yilning 2-may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.

Muloqat davomida Investitsiya va qurilish statistikasi boʻlimi boshligʻi M. Baxronov soʻz yuritib, foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xoʻjalik qurilishlari tanlama statistika kuzatuvlarining asosiy maqsadi, kuzatuv instrumentariysi, tanlab olish tartibi va bosqichlari, soʻrovnomani toʻldirish va intervyuyerning majburiyatlari haqida axborot berib oʻtdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech