2024-yil 26-aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlari tomonidan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Aholini roʻyxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar oʻtkazildi.
Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari, universitet oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Seminar davomida aholini roʼyxatga olish toʻgʻrisidagi Prezident farmon va qarorlari, qonun, boshqa hujjatlar hamda amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar boʻyicha alohida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada koʻrilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida maʻlumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.