O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Guseynov va Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda аholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha hududlar kesimida tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga doimiy ravishda axborot kiritilib, kerakli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.