03/04/2024

Joriy yilning 3-aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov Zarafshon shahriga borib, hududiy statistika bo’limi boshlig’i D. Sobirova bilan birgalikda 5 narx o’rtacha haftalik kuzatuv bo’yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo nuqtalarida narx-navolarni o’rgandi.

Ma’lumot uchun: Narxlar statistikasi kuzatuvlarini oʻtkazish uchun planshet qurilmasida “Tanlanma kuzatuvlar” platformasi mavjud boʻlib, mazkur platformada savdo majmualari roʻyxati, toʻldirish talabiga mos keluvchi elektron shakllar oʻrnatilgan. Narx registratori har bir kuzatuv boʻyicha platformaning tegishli boʻlimiga kirib, tovar narxlarini elektron dasturda qayd etadi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech