02/04/2024

Joriy yilning 1-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

1_p36911

Unda 2023-yil yakunlariga koʻra, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida toʻplangan barcha koʻrsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar eʼlon qilindi.

Ochiqlik indeksi 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida baholandi. Samaradorlik koʻrsatkichlari 71 balldan 100 ballgacha toʻplaganlar - “yashil”, 55 balldan 71 (5)ballgacha boʻlganlar - “sariq” va 55 balldan past koʻrsatkich qayd etganlar - “qizil” toifalarga kiritildi.

2_p57954

 “Ochiqlik indeksi”ni baholashda umumiy 103 ta vazirlik, idora va muassasalar qamrab olingan boʻlib, uning natijasiga koʻra, 31 ta davlat organining ochiqlikni taʼminlash faoliyati “yashil” (71-100 ball), 43 tasi “sariq” (55-71 ball) va 29 tasi “qizil” (55 balldan past) samaradorlik koʻrsatkichlari bilan baholangan.

Ochiqlik indeksida eng yuqori natija O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi  (88,3 ball), “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (86,8 ball), Markaziy bank (86,4 ball), Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (86,2 ball), “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (84,7 ball) va Xorazm viloyati hokimligi (84,3 ball) tomonidan qayd etilgan.

2023-yil yakunlari boʻyicha Ochiqlik indeksining yakuniy natijalari keng jamoatchilik uchun index.anticorruption.uz platformasiga ochiq joylashtirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech