Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar oyida Navoiy viloyatida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 215 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
▪️qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 30 ta
▪️sanoat sohasida – 40 ta
▪️qurilish sohasida – 17 ta
▪️savdo sohasida – 66 ta
▪️tashish va saqlash sohasida – 9 ta
▪️yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 24 ta
▪️axborot va aloqa sohasida – 11 ta
▪️sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 1 ta
▪️boshqa sohalarda – 17 tani tashkil etgan