Joriy yilning 1-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Statistika agentligining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshligʻi Umid Madaminov talabalarga aholi turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvi natijalarini shakllantirish bosqichlari va jarayonlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Ochiq muloqotda uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvi natijasida shakllanadigan maʻlumotlar, xalqaro tashkilotlar bilan statistika idoralarining hamkorligi, ilmiy ishda kerak boʻladigan statistik tahlillar, ochiqlik va shaffoflik borasida talabalar tomonidan berilgan savollarga Statistika agentligi mutaxassislari atroflicha javob berishdi.
Tadbir yakunida, faol qatnashgan talabalarga agentlik faoliyatiga oid statistik toʻplamlar sovgʻa qilindi.
Statistika agentligi va universitet oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va shu kabi uchrashuvlarni muntazam oʻtkazishga kelishib olindi.