04/03/2024

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-fevral holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 21 648 tani tashkil etib, 2018-yilning mos davri bilan solishtirilganda 225,6 foizni tashkil etdi va shu bilan birga 89,6 foizini (19 399 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

🔹Navoiy shahri – 4 921 ta

🔹Zarafshon shahri – 1 407 ta

🔹G‘ozg‘on shahri – 417 ta

🔹Konimex tumani – 1 000 ta

🔹Qiziltepa tumani – 2 907 ta

🔹Navbahor tumani – 2 162 ta

🔹Karmana tumani – 3 236 ta

🔹Nurota tumani – 1 537 ta

🔹Tomdi tumani – 648 ta

🔹Uchquduq tumani – 867 ta

🔹Xatirchi tumani – 2 546 ta

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech