Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-fevral holatiga Navoiy viloyatida chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 218 tani tashkil etib, 2018-yilning shu davriga nisbatan 158 taga ko‘paygan. Ularning hududlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha aks etdi:
🔸Navoiy shahri – 69 ta
🔸Zarafshon shahri – 15 ta
🔸G‘ozg‘on shahri – 5 ta
🔸Konimex tumani – 13 ta
🔸Qiziltepa tumani – 12 ta
🔸Navbahor tumani – 10 ta
🔸Karmana tumani – 57 ta
🔸Nurota tumani – 12 ta
🔸Tomdi tumani – 8 ta
🔸Uchquduq tumani – 5 ta
🔸Xatirchi tumani – 12 ta