2024-yil yanvar oyida viloyatimizda transport xizmatlari hajmi 148,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Ushbu xizmat turi 2023-yilning mos davriga nisbatan 11,9 % ga oshgan.
Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Navoiy shahri (32,4 mlrd. soʻm), Zarafshon shahri (20,1 mlrd. soʻm), Karmana (21,8 mlrd. soʻm), Xatirchi (18,7mlrd. soʻm) hamda Qiziltepa (17,5mlrd. soʻm) tumanlarida qayd etilgan.