Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-fevral holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 21 648 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 487 tani tashkil qildi (ulushi 20,7 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
🔸Xatirchi tumani – 878 ta
🔸Navoiy shahri – 658 ta
🔸Zarafshon shahri – 568 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
🔹qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 342 ta
🔹sanoat sohasida – 728 ta
🔹qurilish sohasida – 235 ta
🔹savdo sohasida – 2 119 ta
🔹tashish va saqlash sohasida – 48 ta
🔹yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 342 ta
🔹axborot va aloqa xizmatlar sohasida – 89 ta
🔹sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 99 ta
🔹boshqalar – 485 ta