21/02/2024

Joriy yilning 21-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

1_7j1a4373

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Baxodir Abdusalomovich boshchiligidagi Markaziy apparat xodimlari hamda Jahon banki ishchi guruhi a’zolari Obert Pimxitzay, Ikuko Uochi, Yuliya Komagayeva va boshqa ekspertlar qatnashdi.

2_7j1a4445

Missiyaning maqsadi “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirishdagi keyingi qadamlarni, harakat rejasini, shuningdek, kambag‘allik darajasini hisoblash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni, e’lon qilish muddati hamda 2021-yilgi raundi natijalarini valyutalarning xarid qobiliyati pariteti asosida xalqaro taqqoslash dasturining e'lon qilish muddatini muhokama qilishdan iborat.

3_7j1a4426

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ- 4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan “2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy  strategiyasi” tasdiqilangan edi.

Valyutalarni sotib olish qobiliyati pariteti – turli iqtisodiyotlarda narxlar darajasini hisobga olgan holda valyutalarning nisbati; taqqoslangan iqtisodiyotlarning narxlari va valyutalarida hisoblangan tovarlar va xizmatlar to'plamining qiymati tengligi asosida aniqlanadi.

4_7j1a4399

Shuningdek, uchrashuv davomida Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi xodimlari Jahon banki ekspertlari bilan 2023-yil uchun kambag‘allik darajasini hisoblash yakunida ushbu ko‘rsatkichlarni e’lon qilish muddatini muhokama qilishdi.

5_7j1a4430

Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech