2024-yilning yanvar oyida jami 520 169 nafar chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari qoʻyidagicha:
qarindoshlarni yoʻqlash — 444 096 nafar;
boʻsh vaqt va dam olish — 46 048 nafar;
xizmat yuzasidan — 11 684 nafar;
davolanish — 7 022 nafar;
tijorat — 9 197 nafar;
oʻqish maqsadida — 2 122 nafar.